ADM Auto raqamli
avtomobil ekotizimi
Avtomobil zavodi uchun yagona raqamli platforma: model katalogi, konfiguratsiyalar, narxlar, aksiyalar, yangiliklar, dilerlar va test-drive — barchasi bitta markazdan boshqariladi va web, mobil hamda Telegram orqali mijozlarga yetkaziladi.
Nima uchun bu platforma?
Avtomobil biznesining barcha raqamli nuqtalarini bitta tizimga birlashtirish — kontent bir marta kiritiladi, hamma joyda ishlaydi.
Yagona boshqaruv
Modellar, narxlar, aksiyalar, yangiliklar, banner va dilerlar — barchasi bitta admin paneldan boshqariladi.
Barcha platformalar
Bir o‘zgarish darhol web sayt, mobil ilova va Telegram botda bir xil ko‘rinadi — qayta yozish shart emas.
Tez ishga tushirish
To‘liq ekotizim yagona Next.js backend ustiga qurilgan: bitta deploy, bitta konfiguratsiya.
Xavfsizlik va rollar
RBAC rollar tizimi, rasm yuklashda tekshiruv, xavfsiz API va audit imkoniyatlari.
Qanday ishlaydi?
Barcha platformalar yagona Next.js full-stack backend orqali ishlaydi — alohida serverlar, alohida bazalar yo‘q.
Admin panel · Web sayt · Telegram · API · Prisma
Mobile va Telegram PostgreSQL‘ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanmaydi — faqat API orqali
Platformalar bir qarashda
Jonli ma’lumotlar bilan yaratilgan ekran ko‘rinishlari — real API'dan olingan modellar.
Avtomobilingizni toping
Model qatori, narxlar, aksiya va test-drive — bitta joyda.
Tizimda nimalar bor?
Avtomobil biznesining asosiy modullari — katalogdan tortib Telegram bildirishnomalarigacha.
Model katalogi
Model, konfiguratsiya, texnik xususiyatlar, ranglar va narxlar.
Filtr va qidiruv
Narx, kuzov, yoqilg‘i, uzatma va boshqa parametrlar bo‘yicha.
Taqqoslash
2–4 avtomobilni yonma-yon solishtirish, farqlar ajratilgan.
Istaklar
Foydalanuvchi tanlagan modellarni saqlash va tez qaytish.
Test-drive
Vaqt va diler tanlab bron qilish, admin tasdiqlaydi.
Aksiyalar
Chegirmalar, shartlar va amal qilish muddatlari bilan.
Yangiliklar
Maqolalar: qoralama, nashr, arxiv holatlari bilan.
Dilerlar
Manzillar, telefonlar, ish vaqti va xizmatlar ro‘yxati.
Bildirishnomalar
Tizim, aksiya, yangilik va test-drive bildirishnomalari.
Bannerlar
Bosh sahifa carousel — 1 ta bo‘lsa carousel emas.
Rollar (RBAC)
Super Admin, Admin, Manager va boshqa rollar.
3 til
O‘zbek, rus va ingliz tillariga moslashgan interfeys.
Rasm yuklash
Drag&drop, Ctrl+V, kesish — barcha upload joylarida.
360° / 3D
Avtomobilni aylantirish va 3D model ko‘rish.
Aloqa formalari
Kontakt, FAQ va fikr bildirish formalari.
REST API
Barcha platformalar uchun yagona JSON API.
O‘zgarish qanday tarqaladi?
Admin panelda qilingan har bir o‘zgarish bir necha soniyada barcha platformalarda aks etadi.
Admin qo‘shadi
Model, aksiya yoki yangilik admin paneldan qo‘shiladi — rasm yuklab, kesib, holatini tanlab.
API saqlaydi
Ma’lumot JSON-store / bazaga yoziladi va REST API orqali barcha platformalarga ochiladi.
Hamma joyda ko‘rinadi
Web sayt, mobil ilova va Telegram bot — o‘zgarishni darhol, bir xil ko‘rinishda aks ettiradi.
Zamonaviy texnologik stack
Biznesingiz uchun to‘liq
raqamli platforma
Web sayt, admin panel, mobil ilova va Telegram bot — hammasi bitta tizimda, bitta ma’lumot bazasida, bitta boshqaruvda.
